Top-10 talikni egallagan Android-smartfonlar

AnTuTu benchmarkini ishlab chiquvchilar mijozlarning eng ijobiy sharhlarini to‘plagan Android-smartfonlari reytingini yangilashdi.
Reyting joriy yilning fevral oyida Xitoydagi benchmark foydalanuvchilarining sharhlariga asoslanadi. Ro‘yxatda birinchi o‘rinda 95,59 foiz ijobiy baho olgan Samsung Galaxy S23 Ultra. Ikkinchi o‘rinni 95,46 foiz ball bilan iQOO 12 Pro egalladi, kuchli uchlikni esa 95,17 foiz ball bilan Xiaomi 14 Ultra yakunladi.
To‘rtinchi o‘rinda OPPO Find X7 Ultra (94,87 foiz), beshinchi o‘rinda Galaxy S23 ning asosiy versiyasi (93,41 foiz) bo‘ldi. Oltinchi o‘rinni Samsung Galaxy S24 Ultra (93,33 foiz), undan keyin vivo X90 Pro+ (92,82 foiz) egalladi. Sakkizinchi va to‘qqizinchi o‘rinlarni iQOO 12 va Meizu 20 Pro (mos ravishda 92,57 foiz va 92,23 foiz) egalladi. Eng yaxshi 10 talikni 91,82 foiz bilan Honor X40 GT yakunlaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter