Apple foydalanuvchilarining eng yaxshi ko‘rgan qurilamalari (reyting)

iPad Pro 2.
AnTuTu benchmarki foydalanuvchilarning ishonchini eng ko‘p qozongan Apple qurilmalari reytingini e’lon qildi.
Reytingga ko‘ra, ushbu kompaniya mahsulotlari orasida ekrani 10,5 dyuymli iPad Pro 2 yetakchilikni qo‘lga kiritdi: foydalanuvchilarning 96,69 foizi bu qurilmaga hech qanday e’tiroz bildirishmagan.

Ikkinchi o‘rinda — iPad Air 4 (96,4 foiz), uchinchi — iPhone 12 mini (95,92 foiz).

Kompaniyaning eng so‘nggi model ayfoni — iPhone 15 Pro Max 83,68 foiz ovoz to‘plab, hozircha 33-o‘rinni egalladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter