Tesla avtomobillarida nuqson aniqlandi

Tesla mashinasining kaliforniyalik egasi avtomobildagi texnik muammo sabab kompaniyani sudga berdi. U Tesla Model 3 mashinasining tormozlanish tizimidan norozi. Aytishicha, avtopilot harakatlanish vaqtida besabab va to‘satdan sekinlashib qolyapti.
Nuqsondan Tesla xabardor bo‘lgan, lekin hech qanday rasmiy izoh bermagan. Muammo bayon qilinganida bepul almashtirib berishni rad etgan. Endi 5 million dollar atrofida tovon puli to‘lashiga to‘g‘ri keladi.
Ish bilan shug‘ullanayotgan huquqshunoslar boshqa mijozlarni aloqaga chiqishga, shikoyatlari bilan o‘rtoqlashishga chorlashdi. Chunki shunga o‘xshash noroziliklar oldin ham quloqqa chalingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter