TechCrunch Disrupt: Markaziy Osiyo startaplari jahon sahnasida
San-Fransiskoda o‘tkazilgan “TechCrunch Disrupt 2024” tadbirida “Central Asian Innovation Hubs” Markaziy Osiyoning innovatsion iste’dodlarini namoyish etib, e’tiborni tortadigan debyut qildi.
IT Park Uzbekistan va “Astana Hub” hamkorlikda O‘zbekiston va Qozog‘istonning rivojlanayotgan kompaniyalariga investitsiyalar jalb qilish va ularning o‘sishiga ko‘maklashish maqsadida ushbu tashabbus doirasida birlashgan turli startaplarni taqdim etdi.
“TechCrunch Disrupt” kabi nufuzli xalqaro tadbirlarda qatnashish orqali IT Park Uzbekistan va “Astana Hub” Markaziy Osiyoning istiqbolli texnologiya markazi sifatidagi o‘rnini mustahkamlamoqda hamda Silikon vodiysidagi investorlar va sohaning yetakchi vakillari bilan aloqalarni kengaytirmoqda.
82 milliondan ortiq aholisi va o‘rtacha yoshi 29 bo‘lgan Markaziy Osiyo jahon texnologiya xaritasida o‘z o‘rnini ishonch bilan egallamoqda. Mintaqa yangi texnologik “yakkashoxlar” paydo bo‘lishi va tadbirkorlikning jadal rivojlanishi uchun ulkan salohiyatga ega. Birgina O‘zbekistonning o‘zida xalqaro bozorlarga chiqish imkoniyatiga ega mahsulotlarni taklif etib, global miqyosda ta’sir ko‘rsata oladigan 400 ta istiqbolli startap mavjud.
Batafsil:https://digital.uz/news/view/25907/
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter