Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

TDTning AKT sohasiga mas’ul vazirlari navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazishdi

TDTning AKT sohasiga mas’ul vazirlari navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazishdi

Foto: Digital.uz

20-iyun kuni Turkiy davlatlar tashkilotining axborot va kommunikatsiya texnologiyalariga mas’ul vazirlarining navbatdan tashqari onlayn shakldagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev ishtirok etdi.

Yig‘ilishda qatnashgan O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov O‘zbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan keng qamrovli ishlar, shu jumladan, “Raqamli O‘zbekiston-2030” strategiyasini amalga oshirish doirasida raqamli infratuzilma, IT-sanoat, elektron hukumat, IT-ta’limni rivojlantirishda erishilgan natijalar, O‘zbekistonni IT-xabga aylantirish borasidagi faoliyat, kelgusi rejalar va ushbu yo‘nalishlarda Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar o‘rtasida ko‘p tomonlama hamkorlikni kengaytirish yuzasidan nutq so‘zladi.

Onlayn yig‘ilishda tomonlar mavjud ishchi guruhlar doirasida raqamli infratuzilma, elektron hukumat va elektron xizmatlar hamda kiberxavfsizlikni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring