Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

"Raqamli iqtisodiyot va raqamli tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yoshlar imkoniyatlarini kengaytirish" loyihasi doirasidagi Kengash yig‘ilishi qanday o‘tdi?

Kuni kecha, 2-aprel sanasida Iqtisodiyot va moliya vazirligida bo‘lib o‘tgan ushbu muhim uchrashuvda Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi direktor o‘rinbosari va mutaxassislari ishtirok etishdi.

Yig‘ilish davomida loyiha doirasidagi natijalar, istiqboldagi rejalar va yoshlarning raqamli iqtisodiyotdagi ishtirokini yanada kengaytirish yo‘llari muhokama qilindi.

Raqamli tadbirkorlik va innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish bo‘yicha ilg‘or tajribalar, hamkorlik imkoniyatlari va yangi tashabbuslar haqida fikr almashildi.

Markaz mutaxassislari o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashib, yoshlar uchun raqamli imkoniyatlarni oshirish va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda ilmiy-tahliliy yondashuvning ahamiyati haqida fikr bildirishdi.

Ushbu loyiha yoshlarni raqamli kelajakka tayyorlash, ularning bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan bo‘lib, innovatsion g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring