Talabalarga referat yozib beradigan neyrotarmoqdan foydalanish taqiqlandi
Fransiya siyosiy tadqiqotlar instituti talabalariga OpenAI tomonidan sun’iy intellekt bazasida tuzilgan ChatGPT chat-botidan foydalanish taqiqlandi. Neyrotarmoq referat va insholar yozadi, she’r to‘qiydi, o‘ylagan fikrlaringizni matnga aylantiradi.
Ta’lim muassasasi uni o‘quv jarayoniga xalaqit beradi va talabalarni ijodiy fikrlashdan to‘xtatib qo‘yadi, deb hisobladi. Shu bois og‘zaki yozma uyga vazifalarni bajarishda chat-botdan foydalanishni taqiqladi.
ChatGPT so‘nggi vaqtlar mashhurlik pog‘onasida yuqorilab bormoqda. Lekin yutuqlari bilan bir qatorda sinovdan yaxshi o‘tolmagan va tanqidga uchragan holatlari ham yo‘q emas.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter