Sun’iy intellekt yo‘qolib borayotgan turlarni himoya qilish uchun yovvoyi tabiatni kuzatib boradi

Olimlar sun’iy intellektdan (SI) sayyoramizning eng chekka burchaklaridagi yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan turlarni kuzatishda foydalanmoqda. Biolog Jenna Louson atrofdagi tabiat tovushlarini va bu noyob hayvonlarning xatti-harakatlarini yozib olish uchun Osa yarim orolining o‘rmonlariga 350 ta audio monitor o‘rnatdi.
Yig‘ilgan ma’lumotlarni hajmi tufayli qo‘lda tahlil qilib bo‘lmadi. Biroq, o‘rgimchak maymunlarining chaqiruvlarini tan olishga o‘rgatilgan sun’iy intellekt ma’lumotni bir zumda qayta ishlashga va ularning harakat yo‘nalishlarini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu yondashuv 2021-yilda boshlangan dunyodagi eng yirik yovvoyi tabiat akustik tadqiqotlaridan birining bir qismi edi.
Loyiha muvaffaqiyatidan ilhomlangan Microsoft kompaniyasi olimlari quyosh energiyasi va energiya tejovchi mikrosxemalar yordamida chekka hududlarda uzoq muddat ishlashga qodir bo‘lgan yangi “Sparrow” qurilmasini yaratmoqda. Qurilma ma’lumotlarni sun’iy yo‘ldoshlar orqali uzatadi, bu esa ekotizimlarni tabiiy holatini buzmasdan kuzatish imkonini beradi.
Loyiha Kolumbiya o‘rmonlarida sinovdan o‘tkaziladi va kelajakda barcha qit’alarda, jumladan Amazonka tropik o‘rmonlari va Afrika savannalarida qurilmalar o‘rnatish rejalashtirilgan. Bunday monitoring nafaqat noyob hayvonlarni himoya qilish, balki ekotizimlardagi o‘zgarishlarning ularning xatti-harakatlariga ta’sirini yanada samarali o‘rganishga yordam beradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter