Sun’iy intellekt qidiruv tizimlarini chippakka chiqarishi mumkin

Bill Geyts sun’iy intellekt shu temptda rivojlanaversa, an’anaviy qidiruv tizimlariga ehtiyoj qolmasligini aytdi.
Uning fikricha, kelajakda sun’iy intellektga asoslangan ovozli yordamchilar odamning o‘zi o‘qishga vaqti bo‘lmagan materiallarni o‘qiy oladi. Bu sizga qidiruv tizimlaridan foydalanmasdan yoki kerakli mahsulotlarni qidirishga vaqt sarflamasdan ma’lumot olish imkonini beradi.
Natijada kerak bo‘lmagan ma’lumotlarni qidirish va o‘rganish uchun vaqtni tejaydi. Reklama, fishing saytlari va keraksiz ma’lumotlardan qutqaradi.
Boshqa tomondan, foydalanuvchi tanlash huquqini yo‘qotadi. U ma’lumotlar manbalari o‘rtasida tanlov qila olmaydi. Axborotni mustaqil tahlil qilish qobiliyati asta-sekin yo‘qoladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter