Sun’iy intellekt kiberjinoyatlarga qarshi kurashda yordam beradi
Charlz Darvin universiteti (CDU) bilan hamkorlikda olib borilgan yangi tadqiqot sun’iy intellekt (SI) kiberjinoyatlarning ortib borayotgan global xavfiga qarshi kurashda asosiy vosita bo‘lishi mumkinligini aniqladi.
CDU Energetika va resurs Instituti tadqiqotchilari tomonidan Hindistondagi Krist Akademiyasi Ilg‘or tadqiqotlar instituti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadqiqot xavfsizlik tizimlarining zaif tomonlarini aniqlash uchun kiberxavfsizlik testi deb nomlanuvchi pentestingda generativ sun’iy intellektdan (GenAI) foydalanishni o‘rgandi. Xalqaro axborot xavfsizligi jurnalida “Pentest uchun GenAI: yaxshi, yomon, qo‘rqinchli” maqolasi chop etildi.
Tadqiqotchilar ChatGPTdan razvedka, skanerlash, zaiflikni baholash, ekspluatatsiya va hisobot berishda bir qator pentesting tadbirlarini o‘tkazish uchun foydalanganlar.
CDU hammuallifi va axborot texnologiyalari bo‘yicha katta o‘qituvchisi doktor Bxaranidxaran Shanmugamning aytishicha, tadqiqotning maqsadi ma’lum turdagi pentestinglarni avtomatlashtirish uchun sun’iy intellektdan foydalanish imkoniyatlarini o‘rganish va natijalar ChatGPT ulkan salohiyatga ega ekanligini ko‘rsatdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter