Sun’iy intellekt keksalarda mashina haydash qobiliyati yomonlashganini aniqlaydi
Qarilik boshqa narsalar qatorida yo‘l harakati xavfsizligini ham pasaytiradi. Bunga qarshi nafaqat avtopilotni joriy etish, balki keksa fuqarolarning sun’iy intellekt tizimlaridan foydalangan holda transport vositalarini boshqarish qobiliyatini nazorat qilish orqali ham kurashish taklif etilmoqda.
Yaponiyaning NTT Data kompaniyasi shu maqsadda neyron tarmoqni ishlab chiqmoqda. Haydovchining xatti-harakatlarini kuzatish orqali u haydash tezligini, tezlashishi va sekinlashishini baholaydi. Shuningdek, yoshga bog‘liq o‘zgarishlar tufayli ma’lum bir shaxsning mashinani xavfsiz boshqarish qobiliyatining pasayishini o‘z vaqtida aniqlash imkonini beradigan boshqa ma’lumotlarni qayta ishlaydi.
Tajriba sifatida Yaponiya poytaxtidagi taksi parklaridan birida 65 yoshdan oshgan haydovchilar boshqaradigan avtomobillar o‘rtasida statistik ma’lumotlarni to‘playdi. To‘satdan tormozlash yoki tezlashish holatlariga alohida e’tibor beriladi. Bir necha kunlik faol ish davomida to‘plangan statistika ma’lum bir haydovchining kognitiv funksiyalarini tahlil qilish uchun yetarli bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter