Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sun’iy intellekt endi amaldorlar nutqini ham yozib beryapti

Sun’iy intellekt endi amaldorlar nutqini ham yozib beryapti

Foto: shutterstock

Shu hafta AQSh Kongressi a’zosi Jeyk Okinkloss (Jake Auchincloss)  Vakillar palatasida Open AI dan ChatGPT chatboti yordamida yaratilgan nutq bilan chiqish qildi. U o‘z nutqi bilan qonunchilar e’tiborini sun’iy intellektga asoslangan texnologiyalarning ahamiyati va ularni yanada rivojlantirish zarurligiga qaratmoqchi edi.

Kongressmenning qisqacha nutqi neyron tarmoqlarni yanada rivojlantirish va ularni inson faoliyatining turli sohalariga integratsiya qilish uchun Amerika-Isroil sun’iy intellekt markazini yaratish to‘g‘risidagi qonunni qabul qilish zarurligiga bag‘ishlandi. Okinkloss yordamchilari bilan birgalikda ChatGPT chatbotiga mazkur qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlashda “Vakillar palatasida nutq so‘zlash uchun 100 ta so‘z yozish” vazifasini topshirdi. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, AI algoritmi Vakillar palatasida o‘qilgan matnni shakllantirish uchun bir nechta urinishlarni amalga oshirdi.

ChatGPT muvaffaqiyati Open AI algoritmini ishlab chiquvchiga katta sarmoyani jalb qilish imkonini berdi. Yaqinda Microsoft "ko‘p yillik milliard dollarlik sarmoya" orqali kompaniya bilan uzoq muddatli hamkorlikni kengaytirishni e’lon qildi. Avvalroq dasturiy gigantning Open AI’ga 10 milliard dollar sarmoya kiritish niyati haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring