Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 1 milliard so‘mgacha grantlar ajratiladi

Startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 1 milliard so‘mgacha grantlar ajratiladi

Raqamli texnologiyalar sohasida IT-ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish hamda eksportga yo‘naltirish bo‘yicha startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish maqsadida "Raqamli texnologiyalar sohasidagi istiqbolli startap loyihalarni qo‘llab quvvatlash va sohadagi yirik tashkilotlar faoliyatini eksportga yo‘naltirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-maydagi 303-sonli qarori qabul qilindi.

Mazkur qarorga muvofiq:

2024-yil 1-iyuldan boshlab Raqamli texnologiyalar sohasida IT-ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish hamda eksportga yo‘naltirish bo‘yicha startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 1 milliard so‘mgacha grantlar ajratiladi.

Jumladan,

  •  istiqbolli g‘oyaga – 150 million so‘m;
  •  mahalliy bozorga ixtisoslashgan loyihaga – 300 million so‘m;
  •  jahon bozoriga ixtisoslashgan loyihaga – 1 milliard so‘m.

Shuningdek, umumiy daromadi 100 mlrd so‘m va undan yuqori bo‘lgan IT Parkning yirik rezidentlari uchun minimal eksport talablari belgilandi.

Ajratmalardan qo‘shimcha shakllanadigan mablag‘lar ustuvor ravishda mahalliy korxonalarni xalqaro IT bozorga olib chiqish, ularning eksport faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan loyiha va dasturlarga maqsadli yo‘naltiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring