Starlink Mo‘g‘ulistonda ishga tushadi

SpaceX Mo‘g‘ulistonda Starlink sun’iy yo‘ldoshli internet tizimini ishga tushiradi. Mo‘g‘uliston bosh vaziri Luvsannamsrayn Oyuun-Erdene va SpaceX rahbari Ilon Mask virtual uchrashuvda Osiyo mamlakatiga sarmoya kiritish imkoniyatlarini kengaytirishni muhokama qildi.
Mo‘g‘uliston o‘z hududida elektromobillar uchun akkumulyatorlar ishlab chiqaruvchi zavod qurilishini qo‘llab quvvatladi. Mamlakatda akkumulyator ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan mis va boshqa nodir metallarning katta zahiralari mavjud ekan.
Starlink 2023 yil oxirigacha Ozarbayjon, Bruney, Janubiy Koreya, Malayziya, Ummon, Keniya, Somali, Tanzaniya, Senegal, Malavi, Zambiya, Zimbabve, Botsvana, Namibiya, Angolada ishga tushiriladi.
May oyi boshida SpaceX butun dunyo bo‘ylab Starlink obunachilari soni 1,5 millionga yetganini ma’lum qildi, bu o‘tgan yilning dekabr oyi bilan solishtirganda 500 mingtaga ko‘pdir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter