Starlink foydalanuvchilarida energiyani tejash imkoni tug‘ildi

Starlink terminallari foydalanuvchilariga energiyani tejash yo‘li taklif qilindi. Chunki terminallar ilovasida Sleep Schedule - uyqu jadvali funksiyasi paydo bo‘ldi.
U orqali foydalanuvchi terminal ishlamaydigan vaqtni belgilab qo‘yadi. Bu esa energiya tejamkorligini ta’minlaydi. Masalan, terminalni kechasi o‘chirib qo‘ysa, kunduzi avtomatik tarzda ishga tushib ketadi.
SpaceX muhandislarining ta’kidlashicha, qishki harakatsizlik davrida ochiq sun’iy yo‘ldosh antennasida qor to‘planishi mumkin. Bunday holda uskuna yoqilgandan keyin bir necha soat o‘tgach eritiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter