Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Smartfonlar uchun yadroviy batareya ishlab chiqildi

Smartfonlar uchun yadroviy batareya ishlab chiqildi

Foto: Betavolt

Xitoyning Betavolt startapi mitti yadroviy batareya — BB100ni taqdim etdi.

Uning o‘lchamlari — 15x15x5 mm (tangadan kichik). Batareya 100 mikrovatt quvvat va 3 volt kuchlanishga ega. Kompaniya bayonotiga ko‘ra, bu 50 yil tinimsiz ishlash uchun yetadi.

Atom-batareya asosida 10 mikrometr qalinlikdagi yarimo‘tkazgichli sun’iy olmos qatlami yotibdi. Kristall tuzilma parchalanayotgan nikel izotopi ajratuvchi energiya hisobiga elektr ishlab chiqaradi.

Kompaniya ishlanmani tijoriy yo‘lga qo‘ymoqchi: atom-batareyalar smartfonlar, dronlar, tibbiyot qurilmalari, aerokosmik soha va boshqalarda qo‘llanilishiga umid qilmoqda.

Batareyaning nomi vahimali bo‘lgani bilan, mutlaqo xavfsizligi, tashqi nurlanish chiqarmasligi, -60° daraja sovuqdan +120° daracha issiqqacha dosh berishi aytilmoqda. Ekologiyaga ham zarari yo‘q, parchalanish davri tugaganidan so‘ng radioaktiv bo‘lmagan barqaror mis izotopiga aylanishi ta’kidlanyapti.

Betavolt 2025 yilda shu batareyaning 1 vattlisini ham chiqarmoqchi, ammo bunga ishonish qiyin, qisqa davr uchun — o‘ta katta sakrash. Startap muhandislari bir nechta batareya jamlanmasidan iborat modul batareya ham ishlab chiqarishmoqchi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring