Sim-kartalardan voz kechish yaxshilikka olib kelmaydi

GlobalData agentligi tahlilchilari Apple kompaniyasi iPhone 14 smartfonlarida sim-kartadan voz kechayotganini qoraladi. Bu ko‘plab aloqa operatorlarida muammo tug‘dirishi mumkin. Chunki provayderlarning aksariyati xizmatlarini virtual tarzda ko‘rsatishga tayyor emas.
Agentlik ekspertlaridan biri Mor-Makklunning aytishicha, bu operatorlarni faqat eSIM bilan ishlashga majbur qiladi. Garchi ular buni xohlamasalar ham.
Taxmin qilishlaricha, kelajakda Apple o‘zining aloqa tariflarini ishga tushiradi va an’anaviy provayderlarga umuman ish qoldirmaydi. Hozirda kompaniya faqat AQSh bozori uchun sim-kartasiz smartfonlarni taqdim etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter