Sibir olimlari talabalarning kadrlar salohiyatini baholash dasturini yaratdilar

Akademik M.F.Reshetnev nomidagi Sibir davlat fan va texnologiya universiteti matbuot xizmati universitet mutaxassislari talabalarning kadrlar salohiyatini baholovchi sun’iy intellekt (SI) asosida dastur ishlab chiqqanini ma’lum qildi. Bu abituriyentlarga universitetda to‘g‘ri o‘qish yo‘nalishini tanlashda yordam beradi.
"Prioritet-2030" dasturi doirasida ishlab chiqilgan dasturda yetti yil davomida to‘plangan 35 ming talaba haqidagi ma’lumotlardan foydalaniladi. Bunga universitetdagi barcha ta’lim yo‘nalishlari kiradi.
Dasturning asosiy maqsadi nafaqat talabaning tanlangan mutaxassisligi bo‘yicha muvaffaqiyatini bashorat qilish, balki uni o‘qishdan chetlashtirishga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlashdir. Dasturiy kompleks Yagona davlat imtihonlari natijalari va abituriyentlarning yutuqlari kabi ob’yektiv ma’lumotlarni tahlil qiladi va talabaning o‘qishni davom ettirishi yoki yo‘qligini 95 foiz aniqlik bilan bashorat qiladi.
Dasturni ishlab chiqish turli fanlar bo‘yicha mutaxassislar, jumladan pedagoglar, iqtisodchilar va informatika sohasidagi mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. Natijada, loyiha talabalar muvaffaqiyatiga ta’sir etuvchi omillarni baholashning samarali modelini taqdim etishi va universitetdagi ta’lim jarayonini yaxshilashga yordam berishi kerak.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter