Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sherzod Shermatov “KROXUS SOFT” MChJ faoliyati bilan yaqindan tanishdi

Sherzod Shermatov “KROXUS SOFT” MChJ faoliyati bilan yaqindan tanishdi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Jizzax shahrida joylashgan “KROXUS SOFT” MChJga tashrif buyurib, korxona faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

“KROXUS SOFT” MChJ Jizzax viloyatida tashkil etilgan dasturiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi ilk korxonalardan biri bo‘lib, 2010-yilda o‘z faoliyatini boshlagan.

Korxona mahalliy bozorga dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish bilan bir qatorda joriy yilda xorijiy davlatlarga IT xizmatlar eksportini ham yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan.

Vazir korxona faoliyati bilan tanishish davomida viloyatda IT eksport hajmini yanada oshirish, yoshlarni IT sohasiga keng jalb etish hamda ularni yuqori maoshli ish bilan ta’minlash bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.

Bundan tashqari, korxona faoliyati davomida yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish maqsadida vazirlik tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatilishi ma’lum qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring