Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sherzod Shermatov

O‘z oilangiz bilan o‘z yurtingizda yashab, yaxshi daromad topmoqchi bo‘lsangiz, albatta chet tillari va axborot texnologiyalarini o‘rganing!

Sherzod Shermatov IT-mutaxassislarini O‘zbekistonga ko‘chirish tendensiyasi haqida fikr bildirdi

«Bugun Euronewsda IT mutaxassislarining O‘zbekistonga relokatsiyasi haqidagi reportajni ko‘rdim. Ajablanarli joyi yo‘q, unda mutaxassislarni O‘zbekistonga ko‘chirishning haqiqiy tendensiyasi yoritilgan. Ular asosan EPAM, Exadel, ItechArt, iTransition kabi yirik kompaniyalar xodimlari va boshqalar.

Umid qilamanki, ushbu reportaj ko‘chib o‘tishga tayyor bo‘lgan boshqa IT mutaxassislari uchun ham foydali bo‘ladi. Relokatsiya dasturi haqida batafsil: itvisa.uz

Shuningdek, mutaxassislarga muhtoj bo‘lgan kompaniyalarimiz so‘nggi paytlarda boshqa mamlakatlardan ko‘chib o‘tishga tayyor bo‘lgan mutaxassislarning rezyumelari ko‘p bo‘layotgan IT-Market kanaliga obuna bo‘lishlari mumkin: itmarket_uz», — deya izoh berdi AKT vaziri Sherzod Shermatov o‘zining Telegram kanalida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring