Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqand viloyati delegatsiyasi AQSh IT-kompaniyalari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi

Samarqand viloyati delegatsiyasi AQSh IT-kompaniyalari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi

Foto: Digital.uz

Samarqand viloyati delegatsiyasi AQShga tashrif buyurdi. Nyu-York shahrida New York Life Insuranse kompaniyasi hamkorligida IT sohasidagi o‘ndan ortiq tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Uchrashuvlarda qurilish, logistika, tibbiyot, oziq-ovqat kabi sohalarda axborot kommunikatsiyalarini keng joriy etish va undan samarali foydalanish bo‘yicha fikr va tajribalar almashildi.

Delegatsiya a’zolari mamlakatimizda IT sohasini qo‘llab-quvvatlash va uning uchun yaratilgan qulaylik va preferensiyalar to‘g‘risida ma’lumot berib, amerikalik tadbirkorlarga Samarqand viloyatida o‘z loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha takliflar berishdi.

Xususan, Healthcare Compliance Consultant tomonidan Samarqand shahrida 200 nafardan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratgan holda sog‘liqni saqlash tizimida masofaviy xizmatlar markazini tashkil etish bo‘yicha aniq muzokaralar olib borildi.

Bundan tashqari, Rx2go kompaniyasi bilan masofaviy xizmatlarni ko‘rsatish yuzasidan memorandum imzolandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring