Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada sun’iy intellekt saraton bilan og‘rigan bemorlarning suyaklarida metastazlarni aniqlashni o‘rgandi

Rossiyada sun’iy intellekt saraton bilan og‘rigan bemorlarning suyaklarida metastazlarni aniqlashni o‘rgandi

Foto: Ferra

Saratov davlat tibbiyot universiteti olimlari saraton bilan kasallanganlar suyaklaridagi metastazlarni yaxshiroq aniqlash uchun sun’iy intellekt yordamida kompyuter dasturini ishlab chiqmoqda. Bu shifokorlarga tashxis qo‘yish va davolash usullarini tezroq va samaraliroq tanlashga yordam beradi.

Ko‘pincha saratonning har xil turlarida yuzaga keladigan suyak metastazlari og‘riq va suyak shikastlanishi kabi jiddiy asoratlarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ularni dastlabki bosqichlarda aniqlash juda muhimdir.

Olimlar tomonidan ishlab chiqilgan dastur osteosintigrafiya tasvirlari bo‘yicha katta hajmdagi ma’lumotlarga o‘rgatilgan mashinani o‘rganish algoritmlaridan foydalanadi. Bu tasvirlarni tezda tahlil qilish imkonini beradi va shifokorlarga to‘g‘ri davolash qarorlarini qabul qilishga yordam beradi.

Dastur 2026-yilgacha yakunlanishi va klinik sinovlardan o‘tishi kutilmoqda. Bu saraton kasalligini tashxislash va davolashni takomillashtirish uchun yangi imkoniyatlar ochadi, natijada, bemorlarning hayot sifatini sezilarli darajada yaxshilaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring