Robot o‘rganishda nuqsoni bo‘lgan bolalarga yordam berdi

Kanadalik muhandislar o‘rganishda nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan ishlash uchun kichik robot yasadi. U o‘quvchilarga yaxshiroq o‘zlashtirishga va o‘quv jarayoniga ko‘proq e’tibor berishga ko‘maklashadi.
Olimlar ko‘p yillardan buyon robototexnikani nogiron va ruhiy kasalliklarga chalinganlarga yordam berish uchun moslashtirib kelmoqda. Endi ular o‘rganishda nuqsoni bo‘lgan bolalarga yordam berish uchun robot yaratdilar. Ushbu kasalliklarga disgrafiya, disleksiya, diskalkuliya kiradi.
Tajribada tadqiqotchilar o‘rganishda nuqsoni bo‘lgan 16 nafar o‘quvchini ikki guruhga bo‘lishdi. Bir guruhda talabalar faqat o‘qituvchi bilan, ikkinchisida - o‘qituvchi va robot bilan ishladilar. Natijaga ko‘ra, robot bilan o‘qigan maktab o‘quvchilari nazorat guruhidagi bolalarga nisbatan o‘z vazifalarini yuqori tezlikda bajara olgan va kamroq chalg‘igan.
Robot o‘qitishdan tashqari talabalarning fe’l-atvorini ham kuzatib bordi. Ular chalg‘iganda, robot hazil va topishmoqlar bilan ularni xursand qildi, qisqa o‘yinlar va bir qator jismoniy mashqlarni o‘tkazdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter