Robot-itlarni boqib olarmidingiz?

Sony kompaniyasi o‘zining Aibo robot-itlari uchun mo‘ljallangan dasturni taqdim etdi. Aibo foster parent dasturi robotni "yaxshi qo‘llarga" topshirish imkonini beradi.
Sony kompaniyasi Aiboning Aibo foster parentdan xizmat uchun ma’lum miqdorda to‘lov olishni rejalashtirmoqda (miqdori hali e’lon qilinmagan) va xayriyalarning bir qismi boshqa Aibo qurilmalariga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash uchun ishlatilishi mumkinligini ta’kidlaydi.
Eslatib o‘tamiz, elektron it Aibo egasi nimani yoqtirishini eslab qoladi, ovoz va teginishga munosabat bildiradi va doimo o‘rganadi. Sony ta’kidlashicha, har bir Aibo noyob robot bo‘lib, u o‘zi joylashgan muhitga qarab rivojlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter