Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Roadster Teslani "boqmaydi", ammo...

Roadster Teslani

Foto: Techcrunch.com

Tesla Roadster - 2017 yil kuzida shov-shuvli va hayratlanarli debyutini amalga oshirgan to‘liq elektr sport avtomobili. Kompaniya bosh direktori Ilon Mask Texasda o‘tkazilgan tadbirda ushbu mashina kelasi yil chiqarilishini aytib, navbatdagi va’dani berdi.

Dastlab bozorga 2020 yilda chiqishi kerak bo‘lgan Roadster yillar davomida bir necha bor kechiktirildi. Mask 2023 yilda Roadster bilan bog‘liq muhandislik va dizayn ishlarini yakunlanishini aytdi.

Milliarderning qo‘shimcha qilishicha, mazkur mashina kompaniya daromadiga unchalik katta hissa qo‘shmaydi. Zero, Model S, Model Y, Model X kabilar Teslani "boqadigan" elektromobillar, hisoblanadi.

Ammo Roadster mukammal sport avtomobili bo‘lgani sabab bugungi bozor va kompaniya imiji uchun zarur.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring