Reklama beruvchilar qaysi platformaga ko‘proq qiziqmoqda?

O‘tgan yarim yil ichida reklama beruvchilar Telegram platformasiga ikki barobar ko‘p qiziqish bildirdilar.
Telega.in - Telegram-kanallarda reklama joylashtirish birjasi. eLama - kontekst va target reklama tizimida reklama kompaniyalarini boshqaruvchi platforma. Bu ikkisi tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda mahalliy reklamalar holati ko‘rib chiqildi.
Reklama berish manzili sifatida Telegram o‘tgan yilgidan ancha ko‘p tanlangan. Telega.in birjasidan ro‘yxatdan o‘tganlar soni 42 883 tadan 80 029 taga ko‘paygan.
Aksariyat reklamalar farzand tarbiyasi, internet va texnologiyalar, biznes va startaplarga oid kanallarda berilgan. Eng serdaromad reklamalar esa yangilik uzatuvchi kanallarga tegishli.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter