Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Redmi tarixidagi eng yaxshi ekranga ega smartfon

Redmi tarixidagi eng yaxshi ekranga ega smartfon

Foto: Superplanshet.ru

Xiaomi Group prezidenti va Redmi brendi bosh menejeri Lu Veybing Redmi Note 12 Turbo smartfoni haqida yangi ma’lumotlarni e’lon qildi.

Xabarda aytilishicha, turbo-smartfon 5000 mAc sig‘imli akkumulyatori bilan bir quvvat olishda maksimal 1,3 kun beto‘xtov ishlab beradi.

Smartfonning og‘irligi — 181 g, qalinligi — 7,9 mm.

Avvalgi ma’lumotlarga ko‘ra, yangi telefon Snapdragon 7+ Gyen 2 SoC protsessorida ishlaydi. Ya’ni funksiyalari va samaradorligi bo‘yicha Snapdragon 8 Gen 1 ga juda yaqin.

Redmi Note 12 Turbo smartfoniga yuqori PWM yuqori chastotali OLED flagman ekrani o‘rnatiladi. Ta’kidlanishicha, bu Redmi Note turkumi tarixidagi eng yaxshi ekran bo‘ladi.

Smartfon 28-mart kuni taqdim etilishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring