Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Redmi A3 dizayni va taqdimot sanasi tasdiqlandi

Redmi A3 dizayni va taqdimot sanasi tasdiqlandi

Foto: FoneArena.com

Insayderlar tarqatgan suratlar bilan izma-iz Redmi A3 smartfonining rasmiy reklama tasvirlari ham paydo bo‘ldi.

Kompaniya smartfonning nafaqat tashqi dizayni, shuningdek, ayrim texnik xususiyatlarini ochiqlab, qachon taqdim etilishini e’lon qildi.

Brendning rasmiy sayti ma’lumotlariga ko‘ra, Redmi A3 smartfoni 90 Gs chastotali ekran, 6 Gb gacha operativ xotira, 128 Gb gacha ichki xotiraga ega bo‘ladi. Akkumulyatori sig‘imi — 5000 mAs.

Smartfonda USB Type-C (oldingi modelda bo‘lgan micro-USB o‘rniga) ishlaydi. Va nihoyat, rasmiy fotolar ham yangi smartfonning ort panelida asosiy kameraning salmoqli moduli joylashishini tasdiqladi.

Redmi A3 taqdimoti 14-fevralga belgilangan, smartfon narxi hali e’lon qilinmadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring