Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Reallikning raqamli transformatsiyasi (VIDEO)

Bugun, 7-fevral – «Xalqaro internet xavfsizligi» kuni munosabati bilan O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida «Reallikning raqamli transformatsiyasi: muammo va yechimlar» mavzusida amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyani o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad – shiddat bilan o‘zgarib borayotgan raqamli muhit sharoitida media manipulyasiyadan, feyklar ta’siridan saqlanishning yangi usullari, dezinformatsiya, misinformatsiya, malinformatsiya qolaversa, media-axborot savodxonligining texnologik va psixologik asoslarini talabalar va ekspert-mutaxassislar ishtirokida o‘rganishga qaratilgan.

Shuningdek, bugun ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan yolg‘on axborotlar va ularning inson ruhiyatiga ta’siri, aynan shunday muammoli vaziyatlarda jurnalist qanday yo‘l tutishi, nimalarga e’tibor qaratishi lozimligi to‘g‘risida ham tahliliy misollar bilan muhokamalar o‘tkazilib, o‘zaro fikr almashildi.

Bugungi jurnalistikaning eng ilg‘or ko‘rinishi internet jurnalistika ekani hech birimizga sir emas. Sababi, matbuot yoki telekanallarda biror xabar chiqquniga qadar ijtimoiy tarmoqlarda allaqachon keng muhokama qilingan bo‘ladi.

Demak, biz bugun yosh jurnalistlarga resurslardan to‘g‘ri foydalanish yo‘llari hamda shaffoflikni ta’minlashlari lozimligini tushuntirishimiz zarur. Aynan shunday amaliyotchilar bilan tashkil etilgan uchrashuvlar ular uchun juda ham muhim hisoblanadi.

Umid qilamizki, mazkur amaliy konferensiya bo‘lajak jurnalistlarning bilim, malaka va tajribasini, qolaversa, mehnat samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring