Raqamli texnologiyalar xizmatlari iste’molchilari diqqatiga!
Raqamli texnologiyalar sohasida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘rganish, muammoli masalalarni joyida bartaraf etish choralarini ko‘rib chiqish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda vazirlikning Namangan viloyatidagi korxona va tashkilotlari rahbarlari ishtirokida 2024-yil 1-noyabr kuni soat 15:00 da fuqarolar bilan ochiq sayyor qabul uchrashuvi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan Sizdan raqamli texnologiyalar xizmatlaridan foydalanishda muammolar, takliflar va o‘zlaringizni qiziqtirgan savollar bo‘lsa, sayyor qabul kuni tashrif buyurishingizni so‘raymiz.
Manzil: Namangan viloyati, Chust tumani, Chust shahri Olmos ko‘cha 2-uy. Madaniyat markazi binosi
Ma’lumot uchun telefon: 69-227-24-24
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter