Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Raqamli texnologiyalar vazirligida Konstitutsiyaga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi

Raqamli texnologiyalar vazirligida Konstitutsiyaga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi

Foto: Digital.uz

Raqamli texnologiyalar vazirligida vazirlik markaziy apparati, boshqarma, bo‘lim va hududiy sho‘balari, shuningdek, tizimdagi korxona va tashkilotlar vakillari ishtirokida yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi.

Mazkur seminar Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Adliya vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Sudyalar oliy kengashi, Bosh prokuratura hamda Ichki ishlar vazirligining qo‘shma qarori ijrosi doirasida tashkil qilindi.

Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati yuridik fanlari doktori, professor Ahror Xudoyberdiyev, yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktorlari Shahnoza Joldasova, Davron Bekchanov va Maxsatullo Maxsadovlarning ma’ruzalari orqali seminar ishtirokchilariga yanada kengroq tushuntirildi.

Ma’ruzachilar tomonidan suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat tushunchasi, Konstitutsiya ijrosini so‘zsiz ta’minlash yuzasidan vazirlik va idoralarda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar, asosiy prinsiplar, inson va fuqaroning asosiy huquqlari, erkinliklari hamda burchlari, shuningdek, jamiyat va shaxs masalalari, saylov tizimidagi fundamental vazifalar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.

Savol-javoblar tarzida o‘tgan o‘quv seminarida so‘zga chiqqan Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Jamol Maxsudov joriy yil 30-aprel kuni o‘tkazilgan referendumda ishtirok etgan fuqarolarning 90,21 foiz ovozi bilan qabul qilingan yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining o‘zbek xalqi hayotida tutgan o‘rni, Yangi O‘zbekiston strategiyasini amalga oshirishning siyosiy-huquqiy asoslarini yaratgani, unda milliy davlatchilik taraqqiyotining tarixiy muhim bosqichida davlat va jamiyatni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab berilganiga alohida ahamiyat qaratdi.

Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 33-moddasida “Davlat Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanishni ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratadi” deya belgilab qo‘yilishi ushbu sohada faoliyat yuritayotganlar uchun alohida ahamiyat kasb etadi.

Qiziqarli savol-javoblar ko‘rinishida o‘tgan o‘quv seminari ishtirokchilari tadbir davomida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga, xususan, shaxsiy huquq va erkinliklar hamda ularning kafolatlari va boshqa masalalar yuzasidan mutaxassislarning javoblarini olishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring