Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Raqamli texnologiyalar vaziri surxondaryolik yosh tadbirkorlar va frilanserlar bilan uchrashdi

Raqamli texnologiyalar vaziri surxondaryolik yosh tadbirkorlar va frilanserlar bilan uchrashdi

Foto: Digital.uz

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida IT-sohasida faoliyat yuritayotgan yosh tadbirkorlar va frilanserlar bilan uchrashdi.

Ochiq muloqotda viloyatda AyTi sohasini rivojlantirish, sohada yoshlar bandligini ta’minlash, yangi korxonalar tashkil etish orqali ish o‘rinlarini yaratish, IT-xizmatlar eksportini oshirish kabi masalalar muhokama qilindi.

Vazir frilanserlarga o‘z biznesini yuridik shaxs tuzib, IT Park rezidenti sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish orqali IT xizmatlar eksportini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Uchrashuvda yosh tadbirkorlar va frilanserlarning taklif va istaklariga muvofiq, ularga IT Park tomonidan imtiyoz asosida bepul, to‘liq jihozlangan joylar berishga kelishib olindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring