"Pullaringizni ko‘paytirib beraman"

Toshkent shahri, Olmazor tumanida yashovchi 26 yoshli ayol Z.P. Ichki ishlarga murojaat qilib, bank kartasidan 350 AQSh dollar noma’lum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.
Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Jizzax viloyati Jizzax tumanida yashovchi 36 yoshli T.V. sodir etganligi aniqlangan.
Unga ko‘ra, T.V., Z.P.ga o‘zini treyderlik faoliyati bilan shug‘ullanishini va pullarini oz fursatlarda ko‘paytirib berishini va’da qilib, aldov yo‘li bilan 350 AQSh dollari miqdoridagi pul mablag‘larini o‘tkazib olgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, T.V.ning sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter