Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Poytaxtimizda GDG DevFest dasturchilar festivali bo‘lib o‘tmoqda

Poytaxtimizda GDG DevFest dasturchilar festivali bo‘lib o‘tmoqda

Ayni damda poytaxtimizda GDG DevFest dasturchilar festivali bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbirni Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ochib berdi.

Ma’lumot uchun, GDG DevFest festivali Google Developers Group jamoalari tomonidan har yil o‘tkaziladigan global tadbirlardan biri bo‘lib, ushbu tadbir doirasida dasturchilar, AyTi mutaxassislar va texnologiyalarga befarq bo‘lmaganlar Google kompaniyasining so‘ngi texnologiyalari va ishlanmalari bilan tanishish imkoniga ega bo‘ladilar.

Festival doirasida bo‘lib o‘tayotgan Expo DevFest 2024 ko‘rgazmasida Google hamda boshqa kompaniyalarning so‘ngi texnologiyalari va ishlanmalari namoyish etilmoqda.

Tadbir ishtirokchilari esa mahalliy va xorijlik mutaxassislar bilan axborot texnologiyalari sohasidagi so‘nggi tendensiyalarni muhokama qilishmoqda.

Umid qilamizki, ushbu tadbir o‘zbekistonlik yosh developerlarni Google kompaniyasining innovatsion yechimlari bilan tanishishlari uchun o‘ziga xos platforma vazifasini bajaradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring