Pochta xavfsizligi bo‘yicha seminar tashkil etildi

Poytaxtimizda Umumjahon Pochta Ittifoqining Elektron tijoratning operatsion samaradorligini oshirish va rivojlantirish bo‘yicha mintaqaviy loyihasi (ORE-3) – Pochta xavfsizligi bo‘yicha ikkinchi seminari start oldi.
13 – 16-maygacha Toshkent shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan tadbirda elektron tijorat xavfsizligini oshirish masalalari muhokama qilinishi ko‘zda tutilgan.
Ma’lumot uchun, ushbu seminarda Armaniston, Ozarbayjon, Belorussiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Turkmaniston davlarlari pochta xizmatlari vakillari hamda Umumjahon Pochta Ittifoqi va PostEurop vakillari ishtirok etishmoqda.
Aytish joizki, ORE-3 milliy yo‘l xaritasi va harakatlar rejasi taqdimoti, tadbirda qatnashayotgan pochta operatorlarining xizmatlari sifatini baholash va sifatni yaxshilash uchun aniqlangan kamchiliklarni muhokama qilish va yetkazib berishni elektron kuzatish kabi sohaga oid dolzarb mavzular mazkur seminardan o‘rin olgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter