Raqamli texnologiyalar vazirligi va IT Parkning hududiy bo‘linmalari rahbarlari uchun seminar-trening tashkil etildi
Raqamli texnologiyalar vazirligida vazirlikning hamda IT Parkning hududiy bo‘linmalari rahbarlari uchun "Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda zamonaviy menejment” mavzusidagi maxsus seminar-trening tashkil etildi.
Hududlarda raqamli texnologiyalarni joriy etish samaradorligini oshirish, shu jumladan, yoshlarni ushbu sohaga jalb etish, xizmatlar hajmini, raqamli texnologiyalar sohasidagi korxona va tashkilotlar faoliyati samaradorligi hamda rahbarlar mas’uliyatini, shuningdek, ularning kompetensiyalarini yanada oshirish, rahbarlik ko‘nikmalarini to‘laqonli rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan trening uch kun davom etdi.
Seminarda "Raqamli O‘zbekiston–2030” strategiyasi: konsepsiyasi va amalga oshirish bosqichlari, rivojlangan davlatlarning raqamli strategiyalari, notiq-lider bo‘lish san’ati, korporativ etika va korporativ madaniyat kodeksi mavzularida ishtirokchilarga ma’ruzalar qilindi.
Shuningdek, rahbar-xodimlarga ish jarayonida stressni boshqarish va uni yengish usullari haqida ham ma’ruzalar qilindi va O‘zbekistonda IT tadbirkorlikni rivojlantirish istiqbollari, "Raqamli hukumat” va "Raqamli hudud”, "Raqamli ta’lim” kompetensiyalari dasturlari doirasida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi.
Seminar-trening yakunida ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter