Pasportingiz nusxasini ijtimoiy tarmoqlar orqali jo‘natmang

Qachondir do‘stingizga, shifokoringizga yoki hamkoringizga pasportingiz nusxasini internet orqali jo‘natishingizga to‘g‘ri keladi. Yoxud ayrim kanal va guruhlarda pasport ma’lumotlaringizni jo‘natishingizni so‘rashadi. Shunday paytlar sizni ogoh bo‘lishga chaqiramiz. Chunki hujjat orqali firibgarlar sizni qarmoqqa ilintirishlari mumkin.
Qachondir messenjerlarda pasportining fotonusxasini ulashgan odamlar o‘zlari bilmagan holda kreditlarga ilinib qolayotganlari tajribada kuzatilyapti. Boshqa odamning nomidan rieltorlik shartnomalari tuzilgani, hisob raqami ochilganiga mutasaddi idoralar guvoh bo‘lishmoqda.
Shu vaqtgacha begona odamga pasport yoki uning nusxasini bermaslikdan ogohlantirilgan edi. Xakerlar hujumi avj olgan hozirgi zamonda hatto yaqin va ishongan kishisiga ham ijtimoiy tarmoqlar orqali pasport ma’lumotlarini jo‘natmaslik va o‘zi uchun saqlab qo‘ymaslik uqtirilmoqda. Chunki parolni buzib kirgan firibgarlar barcha ma’lumotlarni qo‘lga kiritishi hamda ulardan foydalanishi hech gap emas.
Ijtimoiy tarmoqlardagi profillaringizni qayta tekshiring. Qachondir kimgadir pasport, bank raqami va shunga o‘xshash ma’lumotlarni uzatgan bo‘lsangiz, hoziroq ularni o‘chirib tashlang. Ma’lumotlarni messenjer orqali yuborish juda zarur bo‘lsa, ishingizni bajargach, darhol o‘chirishni unutmang.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter