Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning “kpi.com” startapi va Saudiya Arabistonining “FAI” kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

O‘zbekistonning “kpi.com” startapi va Saudiya Arabistonining “FAI” kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Xalqaro “LEAP 2025”texnologiya ko‘rgazmasi doirasida “FAI” kompaniyasi hamda IT Park Uzbekistan rezidenti bo‘lgan “kpi.com” o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Ushbu hamkorlik Saudiya Arabistoni bozoriga kirishda jarayonlarni avtomatlashtirish va mamlakatning soliq talablariga rioya qilish orqali biznes yuritishni soddalashtirish maqsadida tuzilgan.

“FAI”ning mahalliy me’yoriy talablar sohasidagi chuqur tajribasiga tayanib, kompaniyalar “ZATCA” (Zakot, soliq va bojxona nazorati boshqarmasi) va “FATOORA” (elektron hisob-kitoblar milliy tizimi) standartlariga oson moslasha oladi.

O‘z navbatida, “kpi.com” sun’iy intellekt yechimlari buxgalteriya hisobi, xodimlarni boshqarish, CRM va inventarizatsiya kabi asosiy biznes jarayonlarini avtomatlashtirish imkonini beradi.

“FAI” va “kpi.com” o‘rtasida memorandum imzolanishi mintaqada biznesning raqamli rivojlanishi yo‘lidagi muhim qadamdir. Qo‘shma texnologiyalar korxonalarga nafaqat ma’muriy vazifalarni soddalashtirish, balki rivojlanish va kengayishga e’tibor qaratish imkonini beradi.

Yaqin kelajakda hamkorlar biznes operatsiyalarining maksimal samaradorligini ta’minlaydigan bir qator integratsiya yechimlarini ishga tushirishni rejalashtirmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring