O‘zbekistonlik maktab o‘quvchilari va talabalari uchun xalqaro sport dasturlash bo‘yicha butkemp tashkil etildi

Maktab o‘quvchilarini sport dasturlash bo‘yicha xalqaro olimpiadalarga tayyorlovchi rossiyalik murabbiy Andrey Stankevich maktab o‘quvchilari va talabalari uchun xalqaro sport dasturlash bo‘yicha onlayn mahorat darslarini o‘tkazdi.
Loyiha mart oyida yosh dasturchilarning iqtidorlarini qo‘llab-quvvatlash va ularning kasbiy o‘sishlariga ko‘maklashish maqsadida Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi va “Yandex” kompaniyasining ko‘magida tashkil etildi.
Trening yakunida o‘zbekistonlik 21 nafar yosh dasturchilar jahonga mashhur murabbiy Andrey Stankevich rahbarligida o‘z mahoratini oshirish imkonini ega bo‘lishdi. Bu vaqt ichida O‘zbekiston jamoasi 90 dan ortiq muammolarni muvaffaqiyatli hal qildi.
Shuningdek, trening davomida talabalar xalqaro tajriba bilan tanishish, shuningdek, jahon miqyosidagi musobaqalarda ishtirok etishga tayyorlanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter