Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda Exeed zavodi bahorda ochilishi mumkin

O‘zbekistonda Exeed zavodi bahorda ochilishi mumkin

Foto: ixbt.com

O‘zbekistonda Exeed brendi zavodi bahorda ochilishi mumkin. Hozirda Toshkentdagi sanoat maydoniga zarur jihozlar yetkazib berilmoqda.

Asaka Motors International distribyutor kompaniyasining ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda Exeed zavodini ishga tushirishga tayyorgarlik ishlari qizg‘in davom etmoqda. Bu yerda allaqachon yuk ko‘tarish uskunalari, shuningdek, turli xil avtomobil parametrlarini sinab ko‘rish uchun maxsus uskunalar o‘rnatilgan.

E’tiborlisi, Exeed kompaniyasining Osiyo va Tinch okeani mintaqasidagi direktori Jeff Lyu o‘tgan haftada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

— O‘zbekiston jadal rivojlanayotgan bozor, bu yerda yangi avtomobillarga qiziqish muttasil ortib bormoqda. O‘ylaymanki, o‘zbek avtomobil ishqibozlari Exeed avtomobillarining barcha afzalliklarini qadrlashadi”, — dedi Jeff Lyu.

Top-menejerning tashrifi davomida kelajakda ishlab chiqarish parametrlari ma’lum bo‘ldi. O‘zbekistondagi Exeed zavodi dastlab yiliga 5 mingta avtomobil yig‘ish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ammo, Asaka Motors International bosh direktori o‘rinbosari Akramjon To‘xtaboyevning so‘zlariga ko‘ra, kelgusida ishlab chiqarish quvvatini yiliga 20 ming donaga yetkazish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda Exeed avtomobillari sotuvi mart oyida boshlanishi haqida xabar berilgandi. Qatorda uchta model - VX, TXL va LX krossoverlari bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring