Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘qimang! iPhone 15 olish fikridan qaytib qolishingiz mumkin!

O‘qimang! iPhone 15 olish fikridan qaytib qolishingiz mumkin!

Foto: Gagadget.com

Xabaringiz bor, iPhone 15 Pro smartfonlarining qizib ketishi muammosi ayni damda keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Agar bu holat takrorlanaversa, Apple so‘nggi 3nm A17 Pro chipining ishlashi unumdorligini pasaytirishga majbur bo‘lishi mumkin.

Boisi yangi smartfonlarning haddan tashqari qizib ketishidan shikoyat qilayotgan foydalanuvchilar soni tobora ortib bormoqda.

Cupertino kompaniyasining texnik yordami bilan Apple iPhone 15 Pro va iPhone 15 Pro Max egalarini ishontirishga harakat qilmoqda va mutaxassislar kelgusida vaziyat barqarorlashishini va’da qilmoqda.

Tahlilchilarning aytishicha, titan ramka ham smartfonning kuchli qizishiga sabab bo‘lishi mumkin. Boisi, uning issiqlik o‘tkazuvchanligi u qadar yaxshi emas. Bundan tashqari, titan juda yengil metall bo‘lib, u ham iPhone 15 Pro va iPhone 15 Pro Max termodinamikasiga salbiy ta’sir qiladi.

Quvvatlanayotganda va o‘yin o‘ynayotganda harorat 44 darajagacha ko‘tariladi. Ba’zilar hattoki qurilma harorati 50 darajagacha ko‘tarilganini ham aytishmoqda.

Xitoylik foydalanuvchilarning ma’lum qilishicha, iPhone 15 Pro juda yuqori harorat tufayli ba’zan quvvatlanishdan ham to‘xtab qolayotgan emish.

Shu bois ham mutaxassislar ushbu muammoni faqat A17 Pro chipining ishlashini sun’iy ravishda cheklash orqali hal qilish mumkin, deb hisoblashmoqda.

Biroq, bu yangi smartfonlar savdosiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi dargumon. Ammo mashhur kompaniyaning ushbu muammoni e’tiborsiz qoldirishi natijasida Apple obro‘siga putur yetishi ham hech gap emas.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring