Odamlar aqlli soat taqmay qo‘ydimi?

Counterpoint Research tahlilchilari dunyo aqlli soatlari bozori kasodga uchrayotgani haqida o‘z xulosalarini bildirdi. 2023 yil 1-choragida o‘tgan yilning shu vaqtiga qaraganda bunday soatlar savdosi 1,5 foizga qisqargan.
Ayniqsa, Apple va Samsung kabi yirik brendlar mahsulotlariga talab tushib ketdi. Shu vaqtgacha elektronika bozorida yetakchi bo‘lib kelgan Apple 2023 yil boshidan aqlli soat ishlab chiqarishni 20 foizga qisqartirdi. Natijada kompaniyaning bozordagi ulushi 32 foizdan 26 foizga pasaydi.
Samsung aqlli sotalarni Shimoliy Amerikaga yetkazib berishda o‘sishga erishganiga qaramay boshqa mamlakatlarda pasayish kuzatildi. Kompaniya aqlli soatlari dunyo bozorida 21 foizga qisqardi.
Umumiy hisobda aytadigan bo‘lsak, aqlli soatlar bozori o‘tgan yil oxirlaridan 8 foizga pasayishni boshladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter