Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Neyrotarmoq «marafon»iga Alibaba ham qo‘shildi

Neyrotarmoq «marafon»iga  Alibaba ham qo‘shildi

Foto: neowin.net

Xitoyning Alibaba Group kompaniyasi Open AI’ning juda mashhur ChatGPT AI botiga o‘xshash sun’iy intellekt tizimini ishlab chiqqanini aytdi. Alibaba’ning rivojlanishi hozirda ichki sinov bosqichida.

Hisobotda aytilishicha, kelajakda Alibaba o‘zining AI botini Zoom’ga o‘xshash xususiy DingTalk aloqa ilovasiga qo‘shishi mumkin. Kompaniyaning rasmiy vakillari hozircha bu masala bo‘yicha izoh berishdan o‘zlarini tiyishgan.

«Katta til modellari va generativ AI kabi ilg‘or innovatsiyalar 2017 yilda DAMO [Alibaba тадқиқот институти] tashkil etilganidan beri e’tiborimiz markazida bo‘ldi. Texnologiya yetakchisi sifatida biz mijozlarimiz, shuningdek, bulutli xizmatlar orqali ularning mijozlari manfaati uchun ilg‘or texnologiyalarni ilovalarga integratsiyalashga sarmoya kiritishda davom etamiz», — dedi Alibaba vakili.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi bir necha hafta ichida ChatGPT ilg‘or chat-boti butun dunyoda katta shuhrat qozondi. U Microsoft tomonidan bir necha yillardan beri qo‘llab-quvvatlanadigan Open AI tomonidan yaratilgan. 2019 yilda dasturiy ta’minot giganti ishlab chiquvchiga 1 milliard dollar sarmoya kiritdi va bir necha yil ichida yana milliardlab sarmoya kiritish niyatini e’lon qildi. Bundan tashqari, Microsoft allaqachon Open AI algoritmlarini Bing qidiruv tizimi va Edge brauzeri kabi mahsulotlariga integratsiyalashni boshlagan. Google o‘zining ChatGPT analogini ham taqdim etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring