Nega bitkoin oltinga tenglasholmaydi?
JPMorgan katta tahlilchisi Nikolaos Panigirsoglu bitkoin (BTC) va oltin solishtirilgan hisobotni taqdim etdi.
Hisobotga ko‘ra, garchi uning tarafdorlari buning teskarisini harchand isbotlashga urinishmasin, bitkoin oltin bilan tenglasholmaydi. Sababi oddiy va tushunarli, ya’ni volatillik (muayyan vaqt oralig‘ida kursning o‘zgaruvchanligi). Aynan bitkoin qiymatining tinmay o‘zgaruvchanligi katta to‘siq hisoblanadi, nega “raqamli oltin”ni haqiqiysi bilan bilan solishtirish noto‘g‘ri ekanini ko‘rsatadi.
Volatillik spot bitkoin-ETFlar yaqin kelajakda oltinga asoslangan investitsiya mahsulotlari hajmiga taqqoslagulik mablag‘larni jalb eta olmasligiga ta’sir ko‘rsatadi.
Bitkoin oltin bilan tenglashishi uchun, oltinning hozirgi $3,3 trlnlik kapitalizatsiyasiga yetib olishi kerak, deyiladi hisobotda. Shunga qaramasdan, sarmoyadorlar ETF sezilarli o‘sayotganini ham e’tirof etishmoqda va taxmin qilishlaricha, uch yillardan so‘ng ushbu birja fondlari boshqaruvidagi kapital hajmi $62 mlrdga o‘sishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter