Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Salvadorda IT uchun soliqlar bekor qilindi

Salvadorda IT uchun soliqlar bekor qilindi

Foto: 3dnews.ru

Salvadorning hukmron partiyasi sun’iy intellekt va boshqa kompyuter texnologiyalarini ishlab chiquvchi kompaniyalarga soliqlarni bekor qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi. Maqsad mamlakatni IT-sohasini rivojlantirish uchun jozibador qilishdan iborat.

Texnologiya kompaniyalari 15 yil davomida daromad solig‘i, sarmoyadan olinadigan daromad solig‘i va mahalliy hokimiyat soliqlaridan, shuningdek import qilinadigan tovarlar bo‘yicha tarif to‘lovlaridan ozod qilinadi.

Salvador bitkoinni milliy valyutaga tenglashtirgan birinchi davlat sifatida mashhur bo‘ldi. Mamlakatda nafaqat kripto bankomatlar o‘rnatildi, balki vulqon energiyasidan qazib olishni ham rejalashtirishdi. Shu bilan birga, Salvador kiber zaiflik bo‘yicha yetakchi o‘nta mamlakat qatoriga kiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring