Vision Pro mutlaqo puliga arzimas emish...
Vision Proning ilk xaridorlari qurilmani allaqachon do‘konlarga qaytarib bera boshladilar.
Aytishlaricha, u mutlaqo puliga arzimas emish.
Mazkur VR qurilmadan hafsalasi pir bo‘lganlarning asosiy shikoyatlari quyidagicha:
1. Qurilma nihoyatda og‘irligi bois foydalanishga noqulay;
2. Tasvirlar ham yetarlicha aniq emas. Jumladan, kichik harflarni o‘qish qiyin;
3. Ekranning chetlarida ko‘rish maydonining 10-20 foizini qora chiziqlar egallagan;
4. Aytarli o‘ziga xos jihati ham yo‘qligi tufayli foydalanuvchida yaxshi taassurot uyg‘otmaydi.
Ba’zilar qurilma arzonlashsa, uni yana sotib olishga tayyor. Boshqalar esa sifatliroq Vision Pro 2 chiqishini kutishmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter