Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Musiqa tinglash va suhbatlashish imkonini beruvchi audio ko‘zoynak

Musiqa tinglash va suhbatlashish imkonini beruvchi audio ko‘zoynak

Foto: Ixbt.com

Kecha Xiaomi yangi aqlli ko‘zoynaklar taqdim etishi haqida yozgan edik. To‘g‘rirog‘i bu audio ko‘zoynak bo‘lib, Mijia Smart Audio Glasses Pilot Style deb nomlanadi. Narxi 115 dollar.

Vazni atigi 38,1 gramm. Ko‘zoynak sun’iy intellekt bilan ishlaydi. Sensorli boshqaruv, ovozli yordamchi, juft mikrofonga ega. Quvvati 7 soat tinmay gaplashish va 10 soat musiqa tinglashga yetadi.

Aqlli ko‘zoynak bir vaqtning o‘zida ikkita qurilmaga ulana oladi. Ko‘zoynakni izlash funksiyasi, chang va suvdan himoya mavjudligi uchun ham undan foydalanish ancha qulaydir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring