Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Misrda “Barqaror raqamli kelajakni tartibga solish” mavzusida xalqaro simpozium bo‘lib o‘tmoqda (foto)

Misrda “Barqaror raqamli kelajakni tartibga solish” mavzusida xalqaro simpozium bo‘lib o‘tmoqda (foto)

Foto: Digital.uz

Ayni kunlarda (5–8-iyun) Misrning Sharm al-Shayx shahrida Xalqaro elektraloqa ittifoqining Telekommunikatsiyalarni rivojlantirish byurosi (BDT) tomonidan “Raqamli barqaror kelajakni tartibga solish” mavzusida xalqaro simpozium (GSR-23) o‘tkazilmoqda.

Simpoziumda O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi, “O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish Respublika markazi” DUK, “O‘zbektelekom” AK va Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi vakillari ishtirok etishmoqda.

Xalqaro simpoziumning ish rejasiga muvofiq, radio chastota spektridan birgalikda foydalanish, barqaror aqlli shaharlar va jamoalar, AKTni himoya qilish hamda kiberxavfsizlik madaniyatini rivojlantirishning eng yaxshi amaliyotlari, insonning elektromagnit maydonlarga ta’siriga oid strategiyalar va siyosatlar, elektron xizmatlar va tizimlar, jumladan, sog‘liqni saqlash va ta’lim texnologiyalarini faollashtirish kabi mavzular kun tartibiga kiritilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring