Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ming dollar evaziga uyingiz havosi toza bo‘ladi

Ming dollar evaziga uyingiz havosi toza bo‘ladi

Foto: Smzdm.com

Dyson BP03 nomli aqlli havo tozalagich xonadagi havo harorati, namligi va tozaligini aniqlaydi hamda ilova orqali osongina boshqariladi. Qurilma ishlatishga qulay va ko‘rkam bo‘lishi bilan birgalikda narxi ham o‘ziga yarasha: 981 dollar.

Og‘irligi 11,9 kg, o‘lchamlari 371 x 434 x 830 mm. 100 kvadrat metrgacha bo‘lgan maydon havosini tozalaydi, 10 metrgacha balandlikda purkaydi. Natijada allergen, gaz, formaldegid va boshqa zararli zarralarga qarshi kurashadi, tezligi — 1 soniyada 400 litr. Uyingizning ma’lum bir hududi uchun qo‘shimcha tozalashni amalga oshirishingiz mumkin.

Xona harorati va namlik miqdori haqidagi ma’lumotlar qurilma ekrani va MyDyson mobil ilovasida aks etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring