Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dyson o‘zining yangi fenini taqdim etdi

Dyson o‘zining yangi fenini taqdim etdi

Foto: The Verge

Fen va changyutgichlari bilan tanilgan Dyson kompaniyasining yangi feni — Supersonic r 2016-yilda chiqarilgan oddiy Supersonicdan tubdan farq qiladi. Yangi mahsulot arzon emas — 569,99 dollar.

  • Supersonic r oddiy Supersonicga qaraganda 30 foiz kichikroq va 20 foiz yengilroq (325 gramm);
  • r shakldagi qurilma bilaklarga bosimni kamaytiradi;
  • Sovuq nuqtalarsiz havoni bir xilda isitish;
  • Soch quritgich va qo‘shimcha qurilmalarni saqlash uchun stol stendi;
  • Qurilmani ifloslanishdan himoya qiluvchi yaxshilangan filtr.

Fenning asosiy xususiyatlari — to‘plamga kiritilgan RFID qo‘shimchalari. Foydalanuvchi qo‘shimchalarni ulaganda quritish va shakllantirish uchun quvvat va harorat sozlamalari avtomatik ravishda sozlanadi. Sozlamalarni o‘zingiz tanlashingiz mumkin, keyigi safar ular avtomatik sozlanadi.

Supersonic r sotuvi 2024-yil mart oyida boshlanadi. Biroq, oddiy foydalanuvchilar uni sotib ololmaydilar. Dyson ushbu fenlarni go‘zallik salonlariga sotishni rejalashtirmoqda, shunda mutaxassislar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlasha oladilar va kompaniya global sotuvga chiqarilgunga qadar har qanday nosozliklarni bartaraf etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring